Sherzod Namozov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi

eʼlon qilindi
Para dzyudo bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

«Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudochi vakilimiz Sherzod Namozov o‘z vaznida tengsiz deb topildi va oltin medal sohibiga aylandi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida oltin medal uchun kechgan kurashda hamyurtimiz Sherzod Namozov gruziyalik Zurab Zurabianiga qarshi tatamiga chiqdi va g‘alabaga erishib, ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Namozov bundan avval Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Server Ibragimov kumush medal sohibi bo‘lgan edi.

Shuningdek