Imtiyozli ta’lim kreditini olishning asosiy shartlari qanday va kimlar uchun beriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kursiv Uzbekistan mamlakatdagi ta’lim krediti kimlarga va qanday tartibda berilishini o‘rganib chiqdi
Foto: Andrey Popov / depositphotos.com

Oʻzbekistonda ta’lim tizimi soʻnggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Yosh avlodni sifatli ta’lim bilan ta’minlash, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida bir qator yangiliklar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarda imtiyozli ta’lim krediti muhim rol oʻynamoqda. Mamlakatdagi qanchadan-qancha yoshlar bu imkoniyatdan foydalanib kelmoqda. Kursiv Uzbekistan mamlakatdagi ta’lim krediti kimlarga va qanday tartibda berilishini oʻrganib chiqdi.

Ta’lim krediti kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti qaroriga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga ta’lim kreditlari oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi.

Bunda oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi uch bahodan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratilishi belgilab berilgan.

Eslatma: Ta’lim krediti xususiy ta’lim muassasalari va oʻqishini «perevod» qilgan talabalar uchun ham beriladi. Ammo super-kontrakt uchun berilmaydi.

Ta’lim kreditini olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, shu paytgacha kredit rasmiylashtirish uchun faqatgina toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklariga murojaat qilingan. Yangi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab ta’lim kreditiga arizalarni vazirlikning Ta’lim krediti axborot portal (talim-krediti.mf.uz) orqali hamda Yagona interaktiv davlat xizmati (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin.

Shuningdek, kreditni rasmiylashtirishda talab qilinadigan hujjatlar banklarga avtomat shakllanadi. Bunda banklarda kredit olish uchun shakllanadigan navbatlar soni keskin kamayadi. Tijorat banklari uchun, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» roʻyxatidan turganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani koʻrish imkonini beradi.

Ta’lim kreditini ajratish shartlari

OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar «Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish» (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi talab qilinadi. Shuningdek, professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar «Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish» (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.

Qaysi banklar qanday tartibda ta’lim krediti beradi?

Mamlakatdagi 12 ta tijorat banki talabalar uchun imtiyozli ta’lim kreditlari ajratadi, lekin ayni vaqtda banklar ichida kredit berishni vaqtincha toʻxtatib turganlari ham bor.

Ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari roʻyxati:

Imtiyozli ta’lim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab yetti yil muddatga ajratiladi. Kredit foizi esa Markaziy bank asosiy stavkasi bilan bir xil, ya’ni 13,5 foizni tashkil qiladi. Agarda asosiy stavka pasaysa, imtiyozli ta’lim krediti foizi ham pasayadi.

Ta’lim krediti xotin-qizlar uchun foizsiz ajratiladi. Davlat oliy ta’lim muassasalariga magistraturaga kirgan ayollarning kontrakti toʻliq davlat tomonidan qoplanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda tijorat banklari tomonidan jami 2,7 trln soʻmlik ta’lim kreditlari ajratilib, 241 mingta talaba qamrab olindi. Ushbu kreditlarning katta qismi, ya’ni 80 foizi xotin-qizlarga berildi.

2024-yil I yarim yilligi davomida esa imtiyozli ta’lim kreditlari uchun 328,4 mlrd soʻm ajratildi. Mazkur kreditlar bilan 40 mingdan ziyodroq nafar talabalar qamrab olindi. Ushbu kreditlarning 77,2 foizi xotin-qizlarga berilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ta’lim kreditlari hajmi deyarli 40 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek