Germaniya kansleri Olof Sholts O‘zbekistonga keladi

eʼlon qilindi
Germaniya rahbari O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi
Foto: Ale_Mi / depositphotos.com

Germaniya kansleri Olof Sholtsning O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Hebeshtrayt xabar berdi.

Ushbu tashrif Sholtsning Markaziy Osiyoga ilk tashrifidir. Sholts «katta ishbilarmonlar delegatsiyasi» hamrohligida mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida safarga chiqadi.

Germaniya rahbari O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, 17-sentabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo — Germaniya» (5+1) ikkinchi sammitida ishtirok etadi.

Birinchi sammit 2023-yil sentabr oyida Berlinda bo‘lib o‘tgan edi. Sammitda mintaqa davlatlari rahbarlari Germaniya bilan strategik mintaqaviy hamkorlik o‘rnatish taklifini qo‘llab-quvvatlashgan edi.

«Shunday qilib, kelasi hafta kanslerning tashrifi ushbu mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi», — deyiladi Germaniya hukumati xabarida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Germaniya kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkasi tashkil qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek