XVJ eksperti O‘zbekistonda soliq siyosatini rivojlantirishda yordam beradi

eʼlon qilindi
Georgiy Kandelaki bo‘ldi
Rasm: Soliq qo‘mitasi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) mutaxassisi Georgiy Kandelaki O‘zbekiston Soliq qo‘mitasiga maslahatchi etib tayinlandi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Kandelaki soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini modernizatsiya qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Kandelaki komplaens-xavfni boshqarish metodologiyalarini ishlab chiqish va soliq ma’muriyatchiligi tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha tajribaga ega.

Bungacha 2019-yildan joriy yilning may oyigacha Modestas Kaselyaskas XVJning O‘zbekistondagi maslahatchisi bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yetti oy ichida O‘zbekiston chakana savdogarlaridan soliq tushumlari 14,2 trln so‘mga yetganini yozgan edi.

Shuningdek