Toshkentda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
9-sentabr kuni ertalab
9-sentabr, dushanba kuni erta tongda Toshkentda yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi 2 ballni tashkil etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi.
Yer silkinishi Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Yashnobod, Olmazor, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida sezilgan.
Zilzila magnitudasi 3,6 ball bilan baholanmoqda.
Kursiv Uzbekistan 20-avgust kuni mamlakatning Namangan viloyatida zilzila qayd etilgani haqida yozgan edi.