Ilon Mask 2027-yilgacha dunyodagi birinchi trillioner bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
Uning boyligi qariyb $251 mlrdni tashkil etadi
Foto: ChinaImages / depositphotos.com

Tesla hamda SpaceX kompanyalari rahbari Ilon Mask yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2027-yilda dunyodagi birinchi trillioner bo‘lish mumkin. Bu haqda Informa Connect Academy (ICA) tahlil natjalariga tayanib The Guardian nashri xabar berdi.

Mutaxassislarning fikricha, Maskning boyligi yiliga o‘rtacha 110 foizga ortmoqda. Hozirda Bloomber moliya indeksi bo‘yicha Mask dunyodagi eng boy odam bo‘lib uning boyligi qariyb $251 mlrdni tashkil etadi.   

Ma’lumot uchun, Hindistonning biznes konglomerati asoschisi Gautam Adani 2028-yilda trillioner maqomiga ega chiqishi mumkin. Bu uning boyligi yillik 123 foiz o‘sish sharti bilan bog‘liq bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alisher Usmonovning boyligi $15,4 milliardga baholangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek