O‘zbekistonga import qilingan telefonlar soni deyarli 16 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: Unsplash

2024-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati $200,9 mlnga teng 2,2 mln mobil telefon import qilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan texnika soni 15,8 foizga ko‘paydi. Bu haqda davlat Statistika agentligi xabar beradi.

2024-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonga import qilingan mobil telefonlarning qiymati 2023-yilning shu davri bilan solishtirganda 54,5 foizga oshgan.

Eng ko‘p mobil telefonlar Xitoy – 1,7 mln dona, Vyetnam – 339,4 ming dona, Hindiston – 59,4 ming dona, Gonkong – 19,8 ming dona va BAA’dan – 3,3 ming dona olib kelingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qancha Oʻzbekiston fuqarosi internetdan foydalanayotgani ochiqlanganini yozgan edi.

Shuningdek