Toshkent va Moskva o‘rtasida poyezdlar ko‘proq qatnaydi

eʼlon qilindi
2025-yildan
Rasm: elena_utkina/Depositphotos

Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi 2025-yil boshidan haftasiga ikki marta harakatlanadi, deb yozdi Rossiya Transport vazirligi rahbari Roman Starovoyt Telegram kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil oxirigacha O‘zbekiston va Rossiya poytaxtlari o‘rtasida poyezd haftada bir marta harakatlanadi. Yo‘nalish Penza, Samara, Orenburg va Qozog‘istonning Aktau shahridan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng 24-sentabrdan boshlab Toshkentdan Moskvaga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi kupeda 3,3 mln so‘mdan, platskartada 2,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq, Kursiv Uzbekistan avgust oyi oxirida Qirg‘izistonda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha ishlar boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek