Toncoin kriptovalyutasining narxi oʻsishda davom etmoqda
Joriy yil sentabr oyi boshida UzNex kriptobirjasida Telegram asoschisi Pavul Durovning kriptovalyutasi sotuvga qoʻyildi. Kursiv Uzbekistan kriprovalyutaning mamlakat birjasidagi dinamikasini oʻrganib chiqdi.
Unga koʻra, kriptovalyuta 5-sentabr kuni UzNex birjasida 57959 soʻm ($4,6) boʻlgan boʻlsa, 10-sentabr soat 10:00 holatiga kelib esa bitta tanganing narxi 67015 soʻmni ($5,27) tashkil qilmoqda.
Alohida taʼkidlab oʻtish joizki, UzNex kriptobirjasida faqatgina Toncoin kriptovalyutasi oʻsishga erishmoqda. Birjaga joylashtirilganidan beri esa qariyb 10 ming soʻmga oʻsish erishdi.
Kiriptobirjaning 100 foiz ulushi Kobea Group xorijiy korxonasiga tegishli hisoblanadi. Kompaniya 2019-yilda O‘zbekistonda birja ochish uchun litsenziya olgan.
Avvalroq «Kursiv» Toncoin Oʻzbekistonda rasman sotuvga chiqqani haqida xabar bergan edi.