Kurashchilarimiz Ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasidagi Qozoq kurashi sport turidan 11 ta medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
2 ta oltin, 5 ta kumush 4 ta bronza
Foto: Sport vazirligi

O‘zbekiston sportchilari V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan Qozoq kurashi sport turi bo‘yicha musobaqalarda jami 11 ta – 2 ta oltin, 5 ta kumush 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda:

Foto: Sport vazirligi

84 kg vazn toifasida Umid Esonov oltin medal;
90 kg vazn toifasida Umar Bozorov oltin medal;
+100 kg vazn toifasida Muxsin Xisomiddinov kumush medal;
66 kg vazn toifasida Manusher Shirinov kumush medal;
55 kg vazn toifasida Xurshid Choriyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda:

Foto: Sport vazirligi

52 kg vazn toifasida Sitora Elmurodova kumush medal;
65 kg vazn toifasida Muxlisaxon Qadibergenova kumush medal;
+77 kg vazn toifasida Sevinch Mahmudjonova kumush medal;
48 kg vazn toifasida Muhabbat Yoqubova bronza medal;
56 kg vazn toifasida Nozigul Xolmirzayeva bronza medal;
60 kg vazn toifasida Xurshida Tuxliyeva bronza medal;
77 kg vazn toifasida Fulyura Ergashova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yildagi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarini Qirg‘iziston O‘zbekiston o‘rniga o‘tkazishi haqida yozgan edik.

Shuningdek