Sony yangi PlayStation’ni namoyish etdi

eʼlon qilindi
PS 5 Pro sotuvi noyabr oyida boshlanadi
Rasm: Variety

Texnologiya giganti Sony ommaga yangi PlayStation (PS) 5 Pro o‘yin pristavkasini taqdim etdi. Qurilma deyarli $700 ga tushadi, deb xabar berdi Variety nashri.

Pristavka uchun buyurtmalar sentyabr oyining oxirida yig‘ila boshlaydi. U 7-noyabr kuni sotuvga chiqadi.

PS 5 Pro bosh arxitektori Mark Chernining so‘zlariga ko‘ra, yangi pristavka yanada kuchli grafik jarayoni bilan ajralib turadi, u sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi va nurlarni yanada mukammalroq kuzatishni ta’minlaydi.

Konsol sotuvi boshlanganida uning yangi imkoniyatlari o‘ndan ortiq video o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kursiv Uzbekistan 2024-yil fevral oyida Sony’ning PlayStation pristavkasi ustida ishlagan bir qismi ishdan bo‘shatilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek