10,8 mingta tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv aniqlangan

eʼlon qilindi
8 ming nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi
Foto: AOKA

O‘zbekistonda 10,8 mingta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqoqnuniy aralshuv hamda byurokratik to‘siqlar aniqlanib bartaraf etildi. Bu haqda joriy yilning dastlabki 7 oyi ichida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bugun, 11-sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Bosh prokurorning O‘zbekiston aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Misol uchun, prokurorlar sektorlaridan «Temir daftar» ga kiritilgan besh mingdan ziyod oilalarga yordamlar berilmoqda.

Xususan oilalarning 181 tasining uy-joyi ta’mirlangan hamda 57 tasiga yangi uy-joylar qurib berildi. Shuningdek ikki ming nafar oilaning ishsiz a’zolari ish bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, 8 ming nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.

Ma’lumot uchun, 4,2 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqalar talon-taroj qilingan bo‘lib, holat yuzasidan 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 174 ta normativ-huquqiy hujjatda 413 ta korrupsiyaviy omil aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek