Yetti oy ichida O‘zbekistonga qancha elektromobil import qilingan
eʼlon qilindi
O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil Xitoy eksport qilgan
Joriy yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonga qariyb 10,6 ming dona elektromobil import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, import qilingan elektromobillarning umumiy qiymati $156 mlnga teng.
O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil eksport qilgan mamlakatlar orasida Xitoy salkam 10,5 ming dona bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga Gonkong 14 ta, Germaniya 11 ta hamda BAA 10 ta elektromobil eksport qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati $200,9 mlnga teng 2,2 mln mobil telefon import qilgani haqida xabar bergan edi.