Kamchilikka yo‘l qo‘ygan imom-xatiblar ishdan olindi

eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Joriy yilning dastlabki sakkiz oyida bir qancha keskin xatoliklarga yo‘l qo‘ygan 8 nafar imom-xatib hamda 10 nafar imom noibi ishdan olindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

11-sentabr kuni Toshkent shahar imom-xatiblarining tanqidiy-tahliliy yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2 nafar imom-xatibga hamda 2 nafar imom noibiga nisbatan xayfsan jazo chorasi qo‘llanilgani ma’lum bo‘ldi.

Ayrim imom-domlalar zimmasidagi birlamchi vazifasiga jiddiy yondashmayotgani va mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlashda yetarli sa’y-harakat qilmayotgani tanqid ostiga olindi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida ijro intizomidagi nuqsonlar qattiq tanqid ostiga olindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan imom-xatib Isoqjon Begmatov o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek