Oʻzbekiston – Qirgʻiziston chegarasida ikkita bojxona posti ochildi

eʼlon qilindi
Endilikda bojxona postidan 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishi mumkin
Foto: Bojxona qo‘mitasi

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan «Qorasuv» chegara bojxona posti 15 yillik tanaffusdan soʻng yana oʻz faoliyatini qayta tikladi. Bu haqda bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Qorasuv» chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega boʻlib, bu yerda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Endilikda bojxona postidan 12 ming nafardan ziyod fuqarolar oʻtib-qaytishi mumkin.

Postning ochilishi qoʻshni davlat fuqarolari uchun ham bir qator qulayliklarni yuzaga keltiradi. Jumladan, Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatidan Jalolobod viloyatiga oʻtish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib oʻtilgan boʻlsa, endi ushbu masofa 101 km ga qisqarib, Oʻzbekiston hududi boʻylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlanadi.

Shuningdek, Namangan viloyatida «Uchqoʻrgʻon» chegara bojxona posti ham ochildi.

Ma’lumot uchun, 2017-yilda ikki davlat oʻrtasida 2,3 million nafar fuqarolar harakatlangan boʻlsa, bu raqam 2023-yilga kelib 16 million nafarga yetdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻiziston — Oʻzbekiston chegarasidagi ikkita nazorat-oʻtkazish punkti kecha-yu kunduz ishlay boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek