Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Oxirgi marta asosiy stavka 14% dan 13,5% gacha pasaytirilgan edi
Foto: MB matbuot xizmati

Joriy yil 12-sentabr kuni Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan press-relizga ko‘ra, asosiy stavka 13,5 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldi. Bu haqda regulyatorning matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi uch oyda umumiy inflyatsiya oʻzgarishsiz qolgan va avgust oyida yillik koʻrsatkich boʻyicha 10,5 foizni tashkil etgan.

«Iqtisodiy faollikdagi ijobiy tendensiyalar savdo va pullik xizmatlar, eksport tushumlari va pul o‘tkazmalari hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshishida ham kuzatildi», — deyiladi press-relizda.

Bundan tashqari, joriy yilda meva-sabzavotlar narxi pasayishi inflyatsiyaga qariyb 1 foiz bandlik pasaytiruvchi taʼsir koʻrsatdi.

Maʼlumot oʻrnida, stavka oxirgi marta 2024-yilning iyul oyida oʻzgartirilgan edi. Markaziy bank ushbu oʻzgarishni 14% dan 13,5% gacha pasaytirgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda qancha ipoteka krediti ajratilgani maʼlum qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek