O‘zbekiston va Turkiya urug‘chilik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
eʼlon qilindi
O‘zbek – Turk urug‘chilik test markazini ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fotih Ahmet boshchiligidagi delegatsiya va «O‘zagroinspeksiya» O‘zbek – Turk urug‘chilik test markazini ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zagroinspeksiya xabar berdi.
Turli vazirlik va uyushmalar vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ularga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha attashesi Burxon Demirok hamrohlik qildi.
Tashrif davomida delegatlar «O‘zagroinspeksiya» va Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazida bo‘lib, urug‘chilik sohasidagi ishlar bilan tanishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘rmon fondi yerlari E-Auksion orqali ijaraga berila boshlangani haqida yozgan edi.