Chirchiq metall tuzilmalar zavodi E-auksion‘da sotildi
11-sentabr kuni E-auksion’da Chirchiq metall tuzilmalar zavodi UET Construction kompaniyasiga 39,9 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqda E-auksion onlayn platforma xabar berdi.
Auksion 24 daqiqa davom etdi, yagona stavkani UET Construction kompaniyasi 39,9 mlrd so‘m taklif qildi – bu boshlang‘ich narxdan 5 foizga yuqori.
Majmua may oyida kreditorlar qaroriga ko‘ra savdoga chiqarilgan. Maydoni 4,6 gektar bo‘lgan uchastkada umumiy maydoni 15,8 ming kv.m tashkil etgan 34 ta bino bor. Barcha zarur kommunikatsiyalar (gaz, suv, kanalizatsiya, elektr energiyasi) va temir yo‘l tarmog‘i ham mavjud.
Zavod bor asbob-uskunalari, avtotransport vositalari, temir yo‘li va teplovozi bilan yangi egasiga topshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘rmon fondi yerlari E-Auksion orqali ijaraga berila boshlangani haqida yozgan edi.