AirPods quloqchinlari eshitishda yordam beruvchi vosita sifatida tasdiqlandi
AQSh Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) AirPods pro simsiz quloqchinlari eshitish vositasi sifatida foydalanish uchun rasman tasdiqladi. Bu haqda Idora o‘z veb-saytida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yengil va o‘rtacha darajadagi eshitish nuqsonlari bo‘lgan odamlar iOS 18 chiqarilgandan so‘ng, quloqchindan eshitishga yordam beruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Buning uchun ular tizimga o‘rnatilgan besh daqiqalik eshitish testidan o‘tishlari talab etiladi. Dastur sizga ovoz profilini tanlash va baland shovqinlardan himoya qilish imkonini beradi.
AirPod-larni eshitish vositasi sifatida sozlashning texnik qobiliyati 2021-yilda paydo bo‘lgan. Biroq, ushbu rejimni faollashtirish jarayonini talab qildi va yuqori sifatli natija bera olmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 16’ni namoyish qilgani haqida batafsil yozgan edik.