«Mustaqillik-25» konida quduq berkitildi

eʼlon qilindi
Avvalroq u yerda vodorod sulfid chiqqan edi
Rasm: Eriell

O‘zbekistondagi «Mustaqillik-25» konida 604-sonli quduq yopildi. Avvalroq sentabr oyida u yerda vodorod sulfid emissiyasi sodir bo‘lgan edi, deb xabar berdi Eriell. Press-reliz «Kursiv Uzbekistan»da mavjud.

Obyektda sizib chiqishni oldini olish uchun qo‘shimcha uskunalar o‘rnatildi. Quduq germetiklandi va berkitildi. Ish O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan birgalikda shtab nazorati ostida olib borildi.

Video: Eirell

Kompaniyaning ta’kidlashicha, atrofdagi aholi punktlari aholisiga hech qanday tahdid bo‘lmagan. Hodisa sodir bo‘lgan joy atrofida ekologik vaziyatni monitoring qilish uchun postlar o‘rnatildi. Zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshishi kuzatilmadi.

Avvalroq Kursiv Surxondaryo viloyatidagi konda vodorod sulfidning yirik chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek