Mirziyoyev va Shols ishbilarmonlar bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Tadbirda Germaniyaning yirik kompaniyalar hamda “KfW Development Bank”, “AKA Bank” banklari vakillari ishtirok etishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston va Germaniya «yashil energetika», kimyo sanoati, «yashil vodorod» ishlab chiqarish, mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, farmatsevtika sanoati va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasida sherikchilik qiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklarining vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirda Germaniyaning yirik kompaniyalar hamda «KfW Development Bank», «AKA Bank» banklari vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda oʻta muhim mineral resurslar konlarini oʻzlashtirish va ularni chuqur qayta ishlash, keyinchalik Germaniya va boshqa bozorlarga eksport qilish uchun Germaniya kompaniyalarining ishtiroki istiqbolli yoʻnalish sifatida belgilandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Germaniya biznesining Oʻzbekistondagi yirik kompaniyalar bilan yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish muhimligiga alohida e’tibor qaratdi. Shu ma’noda, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallurgiya, energetika, kimyo, transport infratuzilmasi, qishloq xoʻjaligi va mashinasozlik, tibbiyot va boshqa sohalarda yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish kerakligi ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Germaniya va Oʻzbekiston migratsiya boʻyicha bitim imzolagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek