Yashil obligatsiyalardan investorlar qancha daromad oladi

eʼlon qilindi
Kupon stavkasi yilda 18 foizni tashkil etadi
Foto: Depositphotos

RFB «Toshkent» boshqaruvining qaroriga asosan «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJning  yashil korporativ obligatsiyalari IQMK5E tikeri bilan 2024-yil 16-sentabrdan Bond Market obligatsiyalar bozoriga kiritildi. Bu haqda RFB «Toshkent» fond birjasi axborot xizmati xabar berdi.

Hajmi 50 milliard so‘mni tashkil etadi. Besh yillik obligatsiyaning nominal qiymati bir million so‘m, kupon stavkasi esa yilda 18 foizni tashkil etadi. Ushbu qimmatli qog‘ozlar broker sifatida Alkes Research tanlangan.

Ma’lumot uchun dunyo bo‘ylab muomalada bo‘lgan yashil obligatsiyalar hajmi $2,5 trilliondan oshmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan oltita kompaniyaning qimmatli qogʻozlari yuqori likvidli aksiyalar qatorini tark etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek