Apple rasman yangilangan iOS 18 dasturini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Dastur hajmi taxminan 3 GB
Foto: apple.com / iOS 18

Apple rasmiy ravishda iOS 18 dasturini ishlab chiqdi hamda undan foydalanish imkonini taqdim etdi. Bu haqda Apple’ning rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.  

iOS 18 dasturi, bir qancha yangi funksiyalarni amalga oshirish kuchiga ega. Misol uchun, iMessage’da foydalanuvchilar xabarlarni kechiktirib yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, brauzer interfeysi va menyusi yangilandi, endilikda rasmlarni turli mavzular bo‘yicha ko‘rish mumkin. Kalkulyator dasturi ham yangilandi.

Bundan tashqari, dastur o‘yin rejimida o‘yin samaradorligini va kadr tezligini oshiradi va boshqa bir qancha funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda iOS 18’da Apple Intelligence asosida sun’iy intellekt funksiyalari mavjud emas. Bunday funksiyalar iOS 18.1 va keyingi versiyalarda bo‘lishi kutilmoqda.

iOS 18’ni qurilmalar iPhone 16’ning barcha versiyalaridan tortib iPhone XS, iPhone SE (2020 va 2022), iPhone XR seriyalarigacha o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple o‘zining iPhone – 16, 16 Plus, 16 Pro va 16 Pro Max smartfonlarining yangi liniyalarini taqdim etgani haqida xabar bergan edi. O‘zbekistondagi narxlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Shuningdek