Endi Olmaotadagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilari darsda uxlashlari mumkin

eʼlon qilindi
Buning uchun maktab maxsus «uyqu stoli» bilan jihozlanadi
Foto: Theindependent.sg

Qozog‘istonning ayrim maktablari kichik yoshdagi o‘quvchilarning tanaffus vaqtida uxlashlari uchun sharoit yaratib bermoqchi. Bu haqda Aqsham news axborot nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu nafaqat bolaning, balki o‘qituvchilarning ham ishini osonlashtiradi.

Shuningdek, klavikulalari kuchli bo‘lmagan bolalar uchun uzoq vaqt o‘tirish oson emas. Bundan tashqari, ba’zi o‘quvchilar uzoqdan keladi. Uyqudan erta turish, uzoq yo‘l yurish va yo‘ldagi tirbandliklar murg‘ak o‘quvchining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuning uchun maktab 20 daqiqalik tanaffus paytida o‘quvchilar o‘z stollarini cho‘zib, dam olish uchun sharoit yaratib bermoqchi. O‘quvchilar «uyqu stoli»da uxlaydilar. Bu yil Olmaota shahridagi 15-gimnaziyaning barcha boshlang‘ich sinflariga shunday partalar taqdim etiladi.

«Uning xususiyati shundaki, o‘quvchilar qo‘ng‘iroq paytida 15-20 daqiqa dam olishlari mumkin. Ya’ni o‘tirgan stollarida uxlashi mumkin. Bu bolalar salomatligiga qanday ta’sir qilishini, darsda o‘zini qanday tutishini, darsdagi o‘quv jarayonini amalda kuzatamiz», deydi 15-sonli gimnaziya o‘qituvchisi Rauan Janatxonova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada yuqori sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chop etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek