Odam savdosi uchun javobgarlik kuchaytiriladi

eʼlon qilindi
Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgatirish kiritiladi
Foto: chaioj / depositphotos

Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirishga oid Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.  

«Bugungi kunda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar hamon sodir etilmoqda. Bu kabi insonlarning huquqlari va erkinliklarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, jumladan, odam savdosi jinoyati uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmagan», deyiladi palata xabarida.

Qonun loyihasida ushbu turdagi jinoyat homilador ayolga nisbatan sodir etilgan holatda, javobgarlik masalasini og‘irlashtirish alohida e’tiborga olingan.

Bundan tashqari, odam savdosi jinoyatini sodir etgan shaxs, muqaddam odam o‘g‘irlash jinoyatini sodir etgan bo‘lsa, bu og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanishi qonun loyihasida o‘z aksini topgan.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qiynoq oqibatida kelib chiqqan o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytirilishiga oid qonunchilik loyihasi ishlab chiqilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek