Instagramda «o‘smirlar» akkauntlari paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi
Ularning foydalanuvchilari soat 22:00 dan 07:00 gacha bildirishnoma olmaydilar
Rasm: Reuters

17-sentabrdan 18 yoshgacha bo‘lgan Instagram ijtimoiy tarmog‘ining yangi foydalanuvchilari maxsus «o‘smirlar» akkauntlarini ochishlari mumkin, deb xabar berdi The Verge nashri.

Bu turdagi akkaunt katta yoshdagi foydalanuvchilarga nisbatan ancha qat’iy cheklovlarni nazarda tutadi. Xavfsizlik sozlamalarini yoshlarning ota-onalari o‘zgartirishlari mumkin, bir qator parametrlar foydalanuvchilarning o‘zlari uchun ham mavjud bo‘ladi, lekin faqat 16 yoshga to‘lganidan keyin.

«O‘smirlar» akkauntlari cheklovlar qatoriga quyidagilar kiradi: kechqurun soat 22:00 dan ertalab 07:00 gacha bildirishnomalarning o‘chirilishi hamda fotosuratlarga begonalarning ochiq kirish imkoniyati yo‘qligi. Bundan tashqari, yosh foydalanuvchilar ko‘rishlari mumkin bo‘lgan kontent ham cheklanadi.

Birinchi navbatda, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada «o‘smirlar» akkauntlari paydo bo‘ldi. Keyin bu amaliyot boshqa davlatlarga ham tatbiq etiladi. Shuningdek, keyinchalik yosh foydalanuvchilarning mavjud akkauntlari ham «o‘smirlar»ga aylanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyada Instagram blokdan chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek