Livanda yuz bergan peyjerlar portlashi oqibatida jabrlanganlar soni 3 mingga yetdi
Livanda portlashlar oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 3 mingga yaqin kishi yaralandi, deya aniqlik kiritdi Reuters.
Bir qator portlashlar bir kun oldin sodir bo‘lgan. «Hizbulloh» guruhi a’zolariga tegishli qurilmalar portlatildi.
Ommaviy axborot vositalari manbalariga ko‘ra, Isroilning «Mossad» razvedka agentligi peyjerlarga portlovchi modda o‘rnatgan. Besh mingtagacha qurilma buzilgan bo‘lishi mumkin.
Livan xavfsizlik xizmatidagi agentlik manbasining aytishicha, «Hizbulloh» uchun peyjerlar Tayvanning Gold Apollo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Biroq firma buni qilmaganliklarini aytishga shoshildi.
«Hizbulloh» Isroilga javob zarbasi berishga va’da berdi.
Kursiv Uzbekistan Eronning Livandagi elchisi Mojtaba Amani peyjer portlashi oqibatida jabrlangani haqida yozgan edi.