Olmazor tumanida yong‘in sodir bo‘ldi — video
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yong‘inni o‘chirish, Toshkent shahar FVB boshlig’i nazorati ostida amalga oshirildi
                    
                            
Joriy yilning 18-sentabr kuni taxminan soat 7:28’lar atrofida Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan mebel ishlab chiqaruvchi korxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga 7:34 da yetib brogan qutqaruv ekipajlari soat 08:56 da yong‘in batamom o‘chirdi.
Jarohat olganlar hamda vafot etganlar yo‘q. Hozirgi vaqtda yong‘in sabablari hamda yetkazilgan moddiy zararni aniqlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma’lumot bergan edi.
