Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasi bilan transport yo‘laklari masalasini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Temir yo‘l va aviatsiya yo‘nalishlarida ham
Foto: President.uz

O‘zR prezidenti 18-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Vitaliy Savelev, Rossiya prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va boshqalardan iborat delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuvda mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Shu yilning 26 – 28-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya yo‘nalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Rossiya bilan migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ahamiyatligi haqida so‘zlagan edi.

Shuningdek