AQSh Federal zaxira tizimi 2020-yildan beri birinchi marta stavkani pasaytirdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
FED inflyatsiyani 2 foizga yetkazishni maqsad qilgan
Foto: Chiaroscura/Depositphotos

17–18-sentabr kunlari boʻlib oʻtgan ikki kunlik yigʻilishdan soʻng AQSh Federal zaxira tizimi (FED) stavkani 50 bazis punktga pasaytirib, yillik 4,75–5,25% darajasiga yetkazdi. Bu haqda regulyatorning press-relizida ma’lum qilindi. Bu 2020-yil martidan beri birinchi pasayishdir.

Xabarda qayd etilganidek, FED inflyatsiyani 2 foizga yetkazishni maqsad qilgan. Inflatsiya FED maqsad qilgan 2 foizlik darajaga yaqinlashdi, ammo hali ham biroz yuqoriroq.

FED 2022-yil mart oyida stavkalarni oshirishni boshladi, chunki Qo’shma Shtatlardagi inflyatsiya o’n yilliklar ichida rekord darajaga tezlashdi. 2023-yil may oyiga kelib, bu ko’rsatkich nolga yaqin darajadan 5–5,25% gacha ko’tarildi. FED’ning stavkalar bo’yicha navbatdagi yig’ilishi 6-7 noyabr kunlari bo’lib o’tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zR Markaziy banki asosiy foiz stavkasini 14 foizdan 13,5 foizga tushirganini yozgan edi.

Shuningdek