O‘zbekistonda Rossiya temir yo‘llari vakolatxonasi ochiladi
eʼlon qilindi
Yaqin orada
«Rossiya temir yo‘llari» (RTY) O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda, deyiladi tuzilmaning Telegram-kanalida.
Qaror temir yo‘l rahbari Oleg Belozerovning Toshkentga tashrifi yakunlari bo‘yicha qabul qilindi. Bir kun avval u O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi.
Vakolatxona ochish muddatlari aniqlashtirilmagan. Ammo bu yaqin orada sodir bo‘lishi ma’lum.
Tomonlar sayyohlik va konteyner poyezdlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.
RTY – Rossiyaning eng yirik temir yo‘l tashuvchisi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining eng katta kompaniyalaridan biri.
Kursiv Uzbekistan kuni kecha Mirziyoyevning Belozerov bilan uchrashuvi haqida yozgan edi.