Rossiyaliklar orasida O‘zbekistonga sayohat tur-paketlariga talab oshdi

eʼlon qilindi
Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Falco / Pixabay

Rossiyada O‘zbekistonga kuzgi va qishki sayohatga talab 30 foizdan ko‘proqqa oshdi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasiga (ATOR) asoslanib, «TASS» xabar bermoqda.

ATOR ma‘lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga sayohatlar Turkiyaga qaraganda kamida bir yarim baravar arzon.

«Bu nafaqat mamlakatning ajoyib jozibadorligi, balki narx siyosati bilan ham bog‘liq», dedi ATOR direktori Maya Laridze.

Lomidzening aniqlik kiritishicha, sayyohlar uchun jozibadorlik bo‘yicha respublika Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi raqobatdosh davlatlardan Oʻzbekiston ancha oldinda. Uning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonga birinchi marta kelgan sayyohlar juda ko‘p hollarda yana tashrif buyuradi.

Shu bilan birga, so‘nggi to‘rt yilda Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi o‘n barobar oshgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» O‘zbekistondan kelgan mehmonlar uchun Rossiya turistik karta yaratishi haqida yozgan edi.

Shuningdek