«Toshkent» xalqaro aeroportida CIP yo‘lovchilarning chiqish joyi o‘zgardi

eʼlon qilindi
Rekonstruksiya jarayoni sababli
Foto: Uzbairports.uz

Rekonstruksiya ishlari munosabati bilan «Toshkent» xalqaro aeroportining CIP zali orqali kelgan yo‘lovchilar uchun shaharga chiqish yo‘li terminalning o‘ng tomoniga ko‘chirildi. Bu haqda Uzairports ma’lum qildi.

Foto: Uzbairports.uz

Unga ko‘ra, endi yo‘lovchilar ichki hovli orqali VIP-avtoturargoh yonidan chiqadilar.

Foto: Uzbairports.uz

Shuningdek, kutib oluvchilar uchib kelgan yo‘lovchilarni CIP zali oldida yoki ichki hovlida kutishlari, mashinalarni esa uchib ketish zali yonidagi avtoturargohda qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: Uzbairports.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Iberojet» aviakompaniyasi Madriddan Toshkent va Urganchga aviareyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek