Endilikda hokim mahalliy Kengash raisi bo‘la olmaydi

eʼlon qilindi
“Kengash so‘rovi” va “Kengash tekshiruvi” institutlari joriy etilishi nazarda tutilmoqda
Foto: photousvp77 / depositphotos

Senatning 57-yalpi majlisida hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratilishiga oid qonun loyihasi ma’qullandi, deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri. 

Qonun loyihasida xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilangan.

Bundan tashqari, qonun loyihasida hokim o‘z nomzodini ko‘rib chiqishda mahalliy Kengashga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi belgilandi.

Loyihada mahalliy kengash raisi vakolatlari ham kengaytirilib, «Kengash so‘rovi» va «Kengash tekshiruvi» institutlari joriy etilishi nazarda tutilgan.

 «Qonun mahalliy Kengashlarning davlat hokimiyati vakillik organi sifatidagi rolini kuchaytirish, hokimlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xalq oldidagi masuliyatini oshirish, hududiy muammolarni yanada samarali hal etishni taminlashi qayd etildi», deyiladi Senat raisi sahifasida taqdim etilgan ma’lumotda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Senat tomonidan «Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ma’qullangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek