Olimlar koronavirus Uxandagi bozordan boshlanganini tasdiqladi

eʼlon qilindi
Tadqiqot natijalari Cell’da e’lon qilingan
Rasm: RECSTOCKFOOTAGE / www.depositphotos.com

Xalqaro olimlar guruhi koronavirus pandemiyasi Xitoyning Uxan shahridagi Xuanan bozoridan boshlanganini aniqladi. Tadqiqot natijalari Cell jurnalida chop etilgan.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, birinchi shifoxonaga yotqizilgan 174 nafar bemorning 32 foizi yenotsimon itlar va jayralar kabi yovvoyi hayvonlar sotiladigan ushbu bozordan mahsulot sotib olgan. Bu virusni hayvonlardan odamga va aksincha o‘tishiga yordam bergan bo‘lishi mumkin.

Tadqiqot davomida SARS-CoV-2 ning ma’lum tashuvchilari bo‘lgan ko‘rshapalaklar yoki pangolinlarning genetik materiali aniqlanmadi. Bungacha ko‘rshapalaklar koronavirus tashuvchisi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda koronavirusning yangi XEC shtammi aniqlanmaganini yozgan edi.

Shuningdek