Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi
Joriy yilning 20-sentabr kuni O‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston elchisi Smita Pant, Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon, Mo‘g‘uliston elchisi Daadanxuu Batbaatardan ishonch yorliqlarini oldi.
Shuningdek, mamlakat rahbari Germaniya elchisi Manfred Xuterer, Isroil elchisi Gideon Lustig va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Toyvo Klaardan ham ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Davlat yetakchisi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini faoliyatni rasman boshlaganliklari bilan tabrikladi.
Prezident tomonidan konstruktiv va pragmatik ochiq tashqi siyosat natijasida Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va mavqei tobora mustahkamlanayotganini ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Gideon Lustig O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini boshlagani haqida xabar bergan edi.