Futzal bo‘yicha O‘zbekiston – Kosta-Rika bellashuvi raqibimiz foydasiga hal bo‘ldi

eʼlon qilindi
Mashrab Adilov, Ilhomjon Hamroyev, Samariddin Berkinov Kosta-Rika darvozasini ishg‘ol qildi
Foto: Stadion.uz

Futzal bo‘yicha jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan Kosta-Rika – Oʻzbekiston bahsi 5:3 hisobda yakunlandi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, raqib futzalchilardan Edvin Kubilyo, Yosel Leon, Diego Chavarria, Minor Kabalseta, Xeyan Salaslar tomonidan yo‘llangan zarbalar O‘bekiston terma jamoasi darvozasini zabt etdi.

Terma jamoamizdan esa Mashrab Adilov, Ilhomjon Hamroyev, Samariddin Berkinov Kosta-Rika darvozasiga to‘p kiritdi.

Foto: UFA

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futzal bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi o‘yinda O‘zbekiston 1:4 hisobda Paragvayga imkoniyatni boy bergan edi.

Shuningdek