Air France O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Rasm: Unsplash

Fransiya aviatashuvchisi Air France O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qildi Turizm qo‘mitasi.

Ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini vazirlik rahbari Umid Shodiyev Parijda Air France kompaniyasining tijorat masalalari bo‘yicha direktori Frederik Dekors bilan muhokama qildi.

Air France 1933-yil kuzidan beri aviatashuvlar bozorida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yil sentabr oyi boshida kompaniya aviaparki Boeing va Airbus tomonidan ishlab chiqarilgan 226 ta samolyotdan iborat.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» joriy yilning iyun oyidan «Uralskiye Avialinii» Moskva va Samarqand o‘rtasida parvozlarni boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek