23-sentabr kuni respublikada havo harorati 32-darajagacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 23-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. O‘rtacha havo harorati 32-darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, ammo yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 29-31 daraja issiq bo‘ladi, kechga kelib havo 11-15 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham quruq havo bo‘ladi. Kunduzi harorat 23-darajagacha isiydi, kechga kelib havo 8-13 daraja salqin bo‘ladi.

Shuningdek