«Humson» kurortini xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi tanlandi

eʼlon qilindi
Beshta nomzod ichidan
Foto: Uzbekistan Travel

«RSM Uzbekistan» kompaniyasi «Humson» sanatoriy-kurort majmuasining 100 foizlik ulushini xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida tanlandi. Bu haqda Davaktiv agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, tashkil etilgan tanlovda beshta kompaniya ishtirok etdi, ulardan RSM eng yaxshi shartlarni taklif qildi.

Maslahatchilarni tanlashda tajriba, topshiriqlarni bajarish yondashuvlari va kompaniyalarning moliyaviy takliflari inobatga olindi.

Ta’kidlanganidek, RSM bilan birgalikda aktivning har tomonlama tahlili oʻtkaziladi va kompleksni ochiq va raqobatbardosh savdolar orqali sotish jarayoni tashkil qilinadi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» nashri «International» mehmonxonasini xususiylashtirish uchun ariza berish muddati uzaytirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek