Mirziyoyev o‘zbekistonlik shaxmatchilarni Olimpiadadagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Erkaklar terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi Vengriyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida «o‘tkir va murosasiz bellashuvlar»da faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev sportchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi. Uning murojaati matni davlat rahbari saytida e’lon qilingan.

«Siz, aziz farzandlarimga, erishgan yutuqlaringizga katta hissa qo‘shgan tajribali ustoz va murabbiylaringiz, butun jamoangiz a’zolariga, sizlarni qo‘llab-quvvatlab turgan ota-onalaringiz va barcha muxlislaringizga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman» — tabriklaydi davlat rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zbek shaxmatchilari misolida mamlakat yoshlari «haqiqiy yuksak marralarga» erishishga qodirligini ko‘rish mumkin.

Avvalroq, Kursiv Uzbekistan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritgani, ayollar terma jamoasi ishtirokchilar ro‘yxatida 12-o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek