Avgustda aholi omonatlari o‘sishi tezlashdi

eʼlon qilindi
Depozitlar qoldig‘i umumiy hisobda 283,1 trln so‘mga yetgan
Foto: ilixe48 / depositphotos

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida tijorat banklaridagi depozitlar qoldig‘i 7,7 trl so‘mga o‘sib umumiy hisobda 283,1 trln so‘mga yetgan.

Ushbu o‘sishning asosiy qismi aholi omonatlariga to‘g‘ri keladi, ya’ni 5,2 trln so‘mni tashkil qiladi. Korporativ depozitlari soni esa, yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichdan biroz pastroq ya’ni 2,5 trn so‘mga o‘sgan.

Avgust oyi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbank 1,8 trln so‘m, Agrobank 1,4 trln so‘m, Anorbank esa, 1 trln so‘m foyda bilan bilan yetakchi o‘rinda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilda O‘zbekistonda banklar faoliyatida sof daromadlar o‘tgan yilga nisbatan 9,2 foizga o‘sgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek