O‘zbekiston shaxmatchilariga BYD avtomobillari sovg‘a qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shamsiddin Vohidov oltin medalni qo‘lga kiritdi, Nodirbek Abdusattorov esa kumush medalni
Rasm: BYD

Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi sovrindorlariga Shavkat Mirziyoyev tomonidan BYD Chazor avtomobillari sovg‘a qilindi. Bu haqda Uzchess Telegram kanali xabar beradi.

Shamsiddin Vohidov oltin medalni qo‘lga kiritdi, Nodirbek Abdusattorov esa kumush medalni. Qizlar o‘rtasida Nodira Nodirjanova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat olimpiadasida uchinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek