Toshkentda mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 25-sentabr kuni Toshkent shahrida ish beruvchilarning “Mehnat yarmarka»si bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur yarmarka ish beruvchilardagi boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishish va yoʻllanma olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va boshqa imkoniyatlar bilan tanishish hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan maslahatlar olish imkonini beradi.
Shuningdek, xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari, mehnat migratsiyasiga ketish tartibi bilan ham tanishish mumkin bo‘ladi.
Yarmarka soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Mirobod tumani Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xotin-qizlarni ishga joylashtirish uchun 50 mln so‘mlik grant tanlovi e’lon qilingan edi.