O‘zbekiston gilosni eksport qilishdan olingan daromadlar 33 foizga oshdi

eʼlon qilindi
2024-yil yanvar-avgust oylarida
Rasm: Melica/Depositphotos

2024-yilning yanvar – avgust oylarida O‘zbekiston $70 millionlik 32 ming tonna gilos eksport qildi, deyiladi Statistika agentligi xabarida.

Pulga chaqqanda, gilos eksporti o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga oshdi.

Natural ifodada xorijiy bozorlarga yetkazib berish o‘tgan yilning yanvar – avgust oylariga nisbatan 28 foizga kamaydi.

2024-yilning yanvar – avgust oylarida O‘zbekiston jami 16 ta davlatga gilos eksport qilib, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va BAAga yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirdi. Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gilos eksporti ikki baravar kamaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston AQSHga qovunlarni muntazam yetkazib berishni boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek