Mirziyoyev: 2030-yilga kelib global harorat 1,5 darajaga koʻtarilish ehtimolidan jiddiy xavotirdamiz
Davlat rahbari Samarqad viloyatida ilk bor o‘tkazilayotgan OIIB boshqaruv kengashining to‘qqizinchi yillik majlisida nutq so‘zladi.
«Bu nufuzli anjumanning navbatdagi, to‘qqizinchi majlisi uchun aynan O‘zbekiston tanlanganini biz o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorligimizning yuksak namunasi, deb bilamiz», — dedi prezident.
OIIBning yillik yig‘ilishida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 2 mingga yaqin vakil qatnashdi.
Ushbu yig‘ilishda prezident kelgusi yillarda global harorat jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini, global iqtisodiyotdagi beqarorlik, geosiyosiy vaziyat va boshqa shu kabi muammoli holatlar haqida so‘zladi.
«Hech kimga sir emas, dunyodagi tahlikali vaziyat kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Hozirda jahondagi murakkab geosiyosiy vaziyat, global iqtisodiyotdagi beqarorlik, oziq-ovqat va energiya resurslari tanqisligi, kambag‘allik, ekologiya muammolari tobora o‘tkir tus olib bormoqda. O‘rtacha global harorat 2040-yilga qadar 1,5 darajaga ortishi prognoz qilingan edi. Lekin hozirgi vaziyatda bu holat 2030 yildayoq yuz berishi mumkinligi bizni jiddiy xavotirga solyapti», — dedi prezident.”.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.