Isroildagi elchixona oʻzbekistonliklarni koʻchaga chiqmaslikka chaqirdi
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga murojaat qildi.
«Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini eʼtiborga olib oʻzingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston fuqarolariga zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmaslik, koʻngilochar muassasalarga bormaslik tavsiya qilindi.
Elchixonaning konsullik boʻlimining telefon raqamlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076. Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54 485 1397.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil «Hizbulloh»ning 600 nafar aʼzosini yoʻq qilgani haqida xabar bergan edi.