O‘zbekiston OTP orqali portfel investitsiyalarining ko‘payishini kutmoqda

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Moliyaviy institut global kastodianlar uchun vositachi sifatida xizmat ko'rsatadi
Foto: andrewde / www.depositphotos.com

Vengriyaning OTP banki O’zbekiston kapital bozorida maxsus «Tartibga solish qumdoni» rejimining ishtirokchisi sifatida ro’yxatga olingan. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) bu «qimmatli qog‘ozlar bozoriga yirik hajmdagi investitsiyalarni jalb» qilishga yordam beradi deb xabar berdi. Kursiv Uzbekistan OTP’dan kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi rejalari haqida so‘radi.

«Ushbu roʻyxatdan oʻtgan ikkinchi xalqaro moliya instituti sifatida OTP Group 2023-yilda “Ipoteka-bank» aksiyalarining aksariyat qismini sotib olish bilan Oʻzbekistonga sodiqligini yana bir bor namoyish etdi. Bu OTP Bank’ga O‘zbekiston kapital bozori bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish va shu tariqa o‘z mijozlariga yanada sifatli xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Hozirda OTP Bank Oʻzbekiston kapital bozori bilan aloqasini mustahkamlash boʻyicha navbatdagi muhim qadamlarni rejalashtirmoqda”, – deya xabar berdi OTP.

ILMAning ta’kidlashicha, endi OTP global kastodianlar va xalqaro depozitariylar, xorijiy investorlar va investitsiya vositachilariga xizmat ko’rsatishi mumkin.

Avvalroq Bank of Georgia O‘zbekistonda tartibga soluvchi qumdon ishtirokchisiga aylangan edi. Ko’p o’tmay, moliya instituti respublikaning davlat qimmatli qog’ozlariga investitsiya kiritdi.

Shuningdek