OIIB O‘zbekistonda jami $3 milliardlik loyihalarni amalga oshirmoqda

eʼlon qilindi
15 ta loyiha amalga oshirilmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev OIIB Boshqaruv kengashining Samarqanddagi yig‘ilishida bank tomonidan O‘zbekistonda umumiy qiymati $3 mlrd bo‘lgan 15 ta loyiha amalga oshirayotganini ta’kidladi.

 «Mamnuniyat bilan aytishim kerakki, bularning hisobidan O‘zbekiston bankning top-10 ta hamkoridan biriga aylandi», — dedi prezident.

Shuningdek, Toshkent va OIIB 2027-yilgacha umumiy qiymati $4 milliard bo‘lgan dasturni kelishib olishdi.

Bundan tashqari, bank hozirgi vaqtda O‘zbekistonda suv ta’minoti, infratuzilma, transport va barqaror rivojlanish sohalarida loyihalar ustida ishlamoqda.

Davlat rahbari chiqishida OIIIB rahbari Tszyin Litszyunga va tashkilot a’zosi davlatlarga O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatida $1,7 milliardlik investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek