Samarqandda YTH oqibatida Nexia haydovchisi vafot etdi

eʼlon qilindi
YTH natijasida haydovchi vafot etgan
Foto: Samarqand viloyati IIB JXX YHXB matbuot xizmati

Joriy yilning 24-sentabr kuni Samarqand viloyatida Nexia rusumli avtomobil harakat vaqtida Koegel tirkamasining orqa qismiga kelib urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH soat 16:30 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining to‘qqizinchi kilometrida sodir bo‘lgan. YTH natijasida Nexia haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda yoʻl-transport hodisasi yuz berishi oqibatida bir fuqaro vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek